43. Ularning barchalari uchun va'da qilingan joy jahannamdir. 44. Uning yetti darvozasi bo'lib, har bir darvoza uchun ularning bir to'dasi taqsimlangan. Izoh: Do'zax yoki jahannamning yetti darvozasi deganda, uning yetti qavati tushunilishi lozim. Birinchi qavatiga vaqtincha tushgan gunohkor mo'min-musulmonlar, ikkinchisiga Muhammad (a. s.) ga imon keltirmagan yahudiylar, uchinchisiga shu kabi nasroniylar, to'rtinchisiga sobiiynlar, beshinchisiga majuslar, oltinchisiga mushriklar, do'zaxning eng qa'ri sanalmish to'qqizinchisiga esa munofiqlar tushgaylar. 45. Taqvodorlar esa, albatta, bog'lar va chashmalardadirlar. 46. "U (yer)ga sog'-salomat, tinch-omon kiringlar" (deyilur). 47. Biz (jannatdagi) so'rilarda birodarona, bir-birlariga ro'baro' o'tirganlarning dillaridagi gina(- kuduratlar)ni chiqarib tashlaymiz. 48. U joyda ularga charchoq yetmas va ular u joydan chiqariluvchi ham emaslar! 49. (Ey, Muhammad,) bandalarimga bildirib qo'yingki, albatta, Men O'zim kechirimli va rahmlidirman. 50. Shuningdek, Mening azobim eng alamli azobdir. 51. Yana ularga Ibrohimning mehmon(lar)i haqida xabar bering! 52. O'shanda ular uning huzuriga kirib: "Salom", - dedilar. (Taomga qo'l cho'zishmagach,) u: "Biz sizlardan qo'rqmoqdamiz (Kimsizlar o'zi)?" - dedi. 53. Ular dedilar: "Qo'rqmagin (biz farishtalarmiz). Biz senga bir bilimdon o'g'il (ya'ni, Ishoqni) xushxabarini yetkazurmiz". 54. U dedi: "Menga keksalik yetgan paytida (farzand ko'rishim haqida) xushxabar keltirdingizmi? Endi menga (bu yoshimda) nimaning ham xushxabarini berursizlar?" 55. Ular aytdilar: "Biz senga rostdan ham (farzand ko'rishing) xushxabarini keltirdik. Bas, sen