(nasihatga) quloq tutadigan qavm uchun alomat bordir.
66. Darvoqe, sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bordir; sizlarni ularning qorinlaridagi najosat
va qon oralaridan chiquvchi, (lekin) ichuvchilar uchun ishtahali toza sut bilan sug'orurmiz.
67. Xurmo va uzumlarning mevalaridan esa aroq va go'zal (halol) rizq olursizlar. Albatta, bunda ham
anglaydigan qavm uchun alomat bordir.
Izoh: Bu oyat nozil qilingan paytda hanuz aroq shar'an man etilmagan edi.
68. (Ey, Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (bo'yruq) qildi: "Tog'larga, daraxtlarga va
(odamlar) quradigan narsalarga in quringiz.
69. So'ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo'ygan yo'llardan yuringiz!"
Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo'lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda
fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir.
70. Sizlarni Alloh yaratdi. So'ngra vafot etdiradi ham. Sizlarning orangizda eng tuban umr ko'rishga
(keksayib, zaif holatga) qaytarilib, ilgari bilgan narsalarining hech birini bilmay qoladigan kishilar ham
bordir. Albatta, Alloh bilimli va qudratlidir.
Izoh: Islomda oyat va hadis matnidan olingan "arzalul-umr" degan ibora bor. Ya'ni, eng tuban umr, qarib
qartaygan yosh. Shu necha yoshdan boshlanadi, degan masalada turli tafsirlar bor: birida 60 dan desa,
boshqasida 75 dan, yana bir rivoyatda 80 dan, boshqasida 90 dan keyin boshlanadi, deyiladi.
71. Alloh ba'zilaringizdan ba'zilaringizni rizqda yuqori qilib qo'ydi. Bas, bu (rizqda) yuqori qilinganlar
o'zlarining rizqlarini qo'l ostidagi (qul)lariga bermaydilarki, barchalari (rizqda) barobar bo'lib olsalar.
Bas, Allohning ne'matini inkor eturlarmi?!
72. Alloh sizlar uchun o'zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun o'g'illar va nabiralar
Dostları ilə paylaş: |