so'ngra o'zlaringiz uchun biror vakil (saqlovchi) topolmay qolish (xavfi)dan xotirjammisizlar?! 69. Yoki U sizlarni yana (dengizga) qaytarib, ustingizga qattiq shamol yuborishidan, bas, kofir bo'lganlaringiz sababli g'arq qilishidan, so'ngra sizlarga Bizdan o'ch olib beruvchi topa olmay qolishdan ham xotirjammisizlar?! 70. Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot- ulov va kemalarga) mindirib qo'ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O'zimiz yaratgan ko'p jonzotlardan afzal qilib qo'ydik. 71. Biz barcha odamlarni o'z kitoblari (nomai a'moli) bilan chaqiradigan kun (Qiyomat)ni (eslangiz!) Bas, kimgaki kitobi o'ng qo'lidan berilsa, aynan o'shalar o'zlariga qilchalik zulm qilinmagan holda, kitoblarini o'qirlar. Izoh: Nomai a'mol - ishlar bitigi. Ya'ni, yorug' dunyoda qilgan yaxshi - yomon ishlar farishtalar qo'li bilan bitib yurilgan ish daftari yoki kitobi. U faqat qiyomat kuni o'z egasiga beriladi. 72. Kimki, bu (dunyo)da ko'r (gumroh) ekan, bas, u oxiratda ham ko'r va butunlay yo'ldan ozuvchidir. 73. (Ey, Muhammad, mushriklar) Sizni Bizning sha'nimizga, (vahiydan) o'zga narsalarni to'qib chiqarishingiz uchun - Biz Sizga vahiy qilgan oyatlardan burib yuborishlariga oz qoldi. Xuddi o'shanda Sizni "do'st" qilib olmoqchi bo'ldilar. 74. Agar (Biz) Sizni (haq yo'lda) sobitqadam qilmaganimizda, ularga biroz moyil bo'lishingizga oz qolgan edi. 75. U holda, albatta, Biz Sizga dunyo (azobi)ni ham, oxirat (azobi)ni ham ikki hissa qilib tottirgan bo'lur edik, so'ngra Biz sari o'zingizga biror madadkor topa olmagan bo'lur edingiz. 76. Ular Sizni (bu) yerdan (Makkadan) chiqarib yuborish uchun qo'zg'atib yuborishlariga oz qoldi. U