Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


yo'l izlaydilar. Uning rahmatidan umid qilurlar, azobidan esa qo'rqurlar. Darhaqiqat, Rabbingizning



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə322/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

yo'l izlaydilar. Uning rahmatidan umid qilurlar, azobidan esa qo'rqurlar. Darhaqiqat, Rabbingizning 
azobi qo'rqinchlidir.
 
58. (Yer yuzida) biror qishloq (shahar ahli) yo'qki, Biz ularni qiyomat kuni (kelishi)dan ilgari halok 
qiluvchi bo'lmasak yoki ularni qattiq azob bilan azoblovchi bo'lmasak. Bu hukm Kitobda (Lavhul-
Mahfuzda) bitilgandir.
 
59. (Ey, Muhammad, mushriklar so'ragan) mo''jizalarni yuborishdan Bizni faqat avvalgi (ummat)lar u 
(mo''jiza)larni yolg'onga chiqarganlarigina man etdi. Samud qabilasiga ochiq (mo''jiza sifatida) tuyani 
ato etganimizda, unga zulm etdilar. Biz mo''jizalarni faqat (odamlarni halokatdan) qo'rqitish uchungina 
yuborurmiz.
 
60. Eslang, (ey, Muhammad,) Sizga Rabbingiz (barcha) odamlarni (o'rab) ihota qilib olgandir, degan 
edik. Biz Sizga ko'rsatgan tushni va Qur'onda la'natlangan (Zaqqum nomli) daraxtni odamlar uchun 
faqat sinov qildik. Biz (mushriklarni shu kabi xabarlar bilan) qo'rqiturmiz, ammo bu ularning 
tug'yonlarini yanada kuchaytiradi, xolos.
Izoh: Bu oyatdagi Tush tafsiri turlicha bayon etilgan. Hanafiy mufassirlar Badr jangidan oldin ko'rgan tushlari 
deb izohlab, unda musulmonlar g'alabasi haqida bashorat berilgan edi, deydilar. Boshqa mazhablarga doir 
mufassirlar esa, bu tushdan maqsad me'roj voqealari, deb talqin etadilar. Shu ikki xil tafsirga binoan 
me'rojning uyg'oq holda yoki tushda kechganligi haqida ikki xil aqida paydo bo'lgan. Tushni me'roj deyilsa, 
Payg'ambarimiz (a. s.) jismonan emas, ruhan me'rojga chiqqan bo'ladilar. Tushni Badr jangidagi g'alaba deb 
olinsa, Rasululloh jismonan isro va me'rojda bo'lganlar, degan aqida kelib chiqadi. Biz - hanafiylar shu oxirgi, 
ya'ni, jismonan chiqqanliklarini tasdiqlaymiz. Makka mushriklariga Badr g'alabasi hamda Zaqqum daraxti 
to'g'risida gapirganlarida, ular Rasulullohni masxara qilganlar. Badr g'alabasiga ham ishonmaganlar, do'zax 
olovi ichida daraxt o'sishini ham inkor etganlar.
 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin