23. Rabbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson, agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf" demagin va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so'z ayt! 24. Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik aanotini past tut va (duoda): "Ey, Rabbim! Meni (ular)
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
181
go'daklik chog'imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin", - deb ayt! 25. (Ey, insonlar,) Rabbingiz dillaringizdagi narsa (sir)laringizni yaxshi biluvchidir. Agar sizlar solih bo'lsangizlar, albatta, U tavba qiluvchilarni mag'firat etuvchidir. 26. Qarindoshga, miskin va yo'lovchiga (xayr ehson qilish bilan) haqlarini ado eting va isrofgarchilikka mutlaqo yo'l qo'ymang! 27. Chunki, isrofgarlar shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Parvardigoriga o'ta noshukr edi. 28. Agar siz Rabbingiz (tomoni)dan bo'ladigan marhamatdan umidvor holingizda ulardan (qarindosh, miskin va yo'lovchilardan) yuz o'giradigan (yordam bermaydigan) bo'lsangiz, u holda ularga yumshoq so'z ayting! 29. (Baxillik qilib) qo'lingizni bo'yningizga bog'lab ham olmang. (Isrofgarchilik qilish bilan) uni butunlay yoyib ham yubormang! Aks holda, malomat va mahrumlikda qolursiz. 30. Shubhasiz, Rabbingiz O'zi xohlagan kishilarning rizqini keng ham, tang ham qilur. Albatta, U bandalaridan ogoh va (ularni) ko'rib turuvchi zotdir. 31. (Ey, insonlar), bolalaringizni qashshoqlikdan qo'rqib o'ldirmangizlar - ularga ham, sizlarga ham Biz