Yo'q! Ularning o'zlari zolimlardir! 51. Alloh va Uning payg'ambariga o'rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida, mo'minlarning so'zi "eshitdik va bo'yin sundik" (demoqdir). Ana o'shalargina iqbollidirlar. 52. Kimki Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa va Allohdan qo'rqib, taqvo qilsa, bas, aynan o'shalargina yutuq egalaridirlar. 53. (Munofiqlar) agar siz amr etsangiz, albatta, (jihodga) chiqishlari haqida (jon) jahdlari bilan qasam ichdilar. Ayting: "Qasam ichmanglar! (Jihod) ma'lum bir toatdir (qasam ichishga hojat yo'qdir). Albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir". 54. Ayting: "Allohga bo'yin suningiz va Payg'ambarga bo'yin suningiz! Endi, agar yuz o'girsangizlar, bas, (Payg'ambar) zimmasida o'ziga yuklangan narsa (Allohning buyrug'ini yetkazish) bordir. Sizlarning zimmangizda esa o'zlaringizga yuklangan narsa (unga bo'yin sunish) bordir. Agar unga itoat etsangiz, hidoyat topursizlar. Payg'ambar zimmasida faqat (sizlarga haq dinni) yetkazish bordir. 55. Alloh sizlardan imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlarga xuddi ilgari o'tgan (imonli) zotlarni (yer yuziga) xalifa (hukmron) qilganidek, ularni ham yer yuzidagi xalifa qilishni va ular uchun o'zi rozi bo'lgan (Islom) dinini mustahkam qilishni hamda ularning (Makkadagi ko'rgan) xavf-xatarlaridan so'ng (Madinada) xotirjamlikka aylantirib qo'yishni va'da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biror narsani sherik qilmaslar. Kimki mana shu (va'da)dan keyin noshukrlik qilsa, bas, ular fosiqlardir. 56. (Ey, mo'minlar,) namozni mukammal ado etinglar, zakotni beringlar va Payg'ambarga itoat etinglar, zora (shunda) rahm qilinsangizlar. 57. (Ey, Muhammad,) kofir bo'lgan kimsalarni yer yuzida (Allohni) ojiz qoldiruvchi (g'olib)lar deb