Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
233
34. (Ey, mo'minlar,) darhaqiqat, Biz sizlarga bayon etuvchi oyatlarni, sizlardan ilgari o'tganlar
to'g'risidagi masal(lar)ni va taqvodorlar uchun nasihatni nozil qildik.
35. Alloh osmonlar va Yerning "nuri"dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq
bir shisha ichida, u shisha go'yo bir durdan yaralgan yulduzga o'xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na
g'arbiy bo'lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga
olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo'shilganda esa), nur ustiga nur (bo'lur).
Alloh o'zining (bu) nuriga o'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun
Dostları ilə paylaş: