"Mening anavi bandalarimni sizlar yo'ldan ozdirdingizlarmi yoki ularning o'zlari yo'ldan ozdilarmi?" - deydigan Kunda, 18. ular derlar: "Ey, pok Parvardigor, bizlar uchun Sendan o'zga do'stlar tutish mumkin bo'lmagan edi. Lekin, (Sen) ularni va ota-bobolarini (shunday) ta'minladingki, hatto ular (Seni) eslashni ham unutdilar va halokat qavmi bo'lib qoldilar". 19. (Ey, mushriklar,) mana, ular (sizlar "Xudo"lar deb sig'ingan butlar) aytayotgan so'zlaringizda sizlarni yolg'onchi qildilar. Endi (azobdan) qutulishga ham, (o'zlaringga) yordam qilishga ham qodir emassizlar. Sizlardan kim zolim - mushrik bo'lsa, Biz unga katta azobni totdirurmiz. 20. (Ey, Muhammad,) Sizdan ilgari Biz yuborgan barcha payg'ambarlar ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Biz sizlarning ba'zilaringizni ba'zilaringiz uchun sinov qilib qo'ydik - (qani,) sabr qila olurmisizlar? Rabbingiz esa ko'rib turuvchi zotdir. O’N TO’QQIZINCHI JUZ’ ************************* 21. Muloqotimizni umid qilmaydiganlar: "Bizlarga (payg'ambarlik uchun) farishtalar tushirilsa edi yoki bizlar Rabbimizni (ko'zlarimiz bilan) ko'rsak edi", - dedilar. Darhaqiqat, ular o'zlariga bino qo'ydilar va haddan juda oshib ketdilar. 22. Ular farishtalarni ko'radigan kunni (qiyomat kunini eslang). O'sha kunda jinoyatchilar uchun (hech qanday) xushxabar bo'lmas. Va (farishtalar ularga) derlar: "(Sizlar uchun xushxabar) butunlay haromdir!" 23. (Zotan) Biz ular qilgan har bir amalga kelib, uni sochilgan to'zon (kabi foydasiz) qilib qo'ygandirmiz. 24. Jannat ahli esa u kunda eng yaxshi qarorgoh va eng go'zal oromgohlarda bo'lurlar. 25. Bulutli osmon yorilib, farishtalar (yer yuziga) tushiriladigan kun (qiyomat)ni eslang!