Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
238
Muayt bo'lib, uni Islomdan qaytargan shaxs Ubay ibn Xalafdir.
30. Payg'ambar aytdi: "Ey, Rabbim! Darhaqiqat, mening qavmim (Quraysh qabilasi) ushbu Qur'onni
tark etdilar".
31. Biz (Sizdan oldingi) har bir payg'ambar uchun (ham) jinoyatchi kimsalardan mana shunday
dushman(lar) ilganmiz. Rabbingizning O'zi yetarli rahnamo va yordamchidir!
32. Kufrda bo'lgan kimsalar: "(Nega bu Qur'on unga payg'ambarga) yaxlit bir to'plam holida nozil
qilinmadi?" - dedilar. (Ey, Muhammad,) Biz u (Qur'on) bilan sizning dilingizni ustivor qilish uchun
mana shunday (oz-ozdan nozil qildik) va uni tartili bilan o'qib berdik.
33. Ular Sizga (Qur'onni ayblash uchun yuqoridagi kabi) masal (savol) keltirsalar, albatta, Biz Sizga haq
(javob)ni va go'zal tafsirni keltirib qo'ydik.
34. Ular yuztuban hollarida jahannam tomonga sudralurlar. Ana o'shalar eng maqomi yomon va yo'ldan
ozgan kimsalardir.
Dostları ilə paylaş: