birlari) haqida yaxshilikni o'ylab: "Bu aniq bo'hton-ku!" - desalar bo'lmasmidi?! 13. Ular (Oyshani badnom qilmoqchi bo'lganlar) to'rtta guvoh keltirsalar bo'lmasmidi?! Endi agar guvoh keltira olmasalar, demak, Alloh nazdida ular yolg'onchidirlar. 14. Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazli bo'lmasa edi, albatta, so'zlagan lofingiz sababli sizlarni ulkan jazo tutgan bo'lur edi. 15. O'shanda sizlar uni tildan tilga ko'chirib, og'izlaringiz bilan o'zlaringiz aniq bilmagan narsani so'zlar va buni yengil fahmlar edingizlar. Holbuki, u Alloh nazdida ulkan (gunoh)dir. 16. Uni eshitgan paytingizd: "Bu (mish-mishni) gapirish biz uchun joiz emasdir. Ey, pok Parvardigor, bu ulug' bo'hton-ku!"-desangizlar bo'lmasmidi?! 17. Agar mo'min bo'lsangizlar, sira unga o'xshagan narsalarga qaytmasliklaringizni Alloh sizlarga nasihat qilur. 18. Alloh sizlarga (O'z) oyatlarini bayon qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir. 19. Albatta, imon keltirgan kishilar o'rtasida (yomon gaplar) yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh bilur, sizlar esa bilmassizlar. 20. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati hamda Alloh mehribon va rahmli bo'lmasa edi (jazoni naqd qilgan bo'lur edi). 21. Ey, imon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, (shayton) buzuqlik va yovuzlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati bo'lmaganda edi, sizlardan biror kishi (gunohdan) pok bo'lmas edi. Lekin Alloh o'zi xohlagan kishini poklar. Alloh eshituvchi va biluvchidir. 22. Sizlardan fazilat va keng mol-mulk egalari qarindoshlarga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh