Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
232
25. O'sha kuni Alloh ularning haqiqiy jazolarini komil qilib berur va ular Allohning aniq haq ekanini
bilurlar.
26. Nopok ayollar nopok erkaklar uchun (loyiq)dir, nopok erkaklar nopok ayollar uchun (loyiq)dir.
Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchun, pokiza erlar pokiza ayollar uchundir. Aynan o'sha (pokiza erlar
va pokiza ayollar) ularning aytayotgan bo'htonlaridan pokdirlar. Ular uchun mag'firat va farovon rizq
(jannat ne'matlari) bordir.
27. Ey, imon keltirganlar! O'z uylaringizdan o'zga uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom
bermaguningizcha kirmangiz! Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora, (bu gapdan) eslatma olsangizlar.
28. Bas, agar u (uy)larda hech kimni topmasangizlar, unda to sizlarga izn berilmaguncha ularga
kirmangiz! Agar sizlarga "qaytinglar" deyilsa, qaytib ketaveringlar! Shu sizlar uchun eng toza (yo'ldir).
Alloh qilayotgan ishlaringizni biluvchidir.
29. (Xususiy) maskan bo'lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga (izn
so'ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh yo'qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham,
Dostları ilə paylaş: