Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
231
Izoh: Bu oyatdagi bo'hton qissasi bunday bo'lgan. Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) bir jangdan Madinaga
qaytib kelayotganlarida, bir joyda dam oladilar. Shu payt Oisha onamiz hojat uchun bir chekkaroq joyga
ketadilar. To qaytib kelgunlaricha karvon ketib qolgan bo'ladi. Faqat Safvon ismli bir sahobiy orqadan qolgan
narsalarni yig'ib ketayotib, Oisha onamizni ko'rib qoladi va tuyasiga mindirib, karvonga yetib boradi. Buni
ko'rgan ba'zi munofiqlar turli mish-mishlarni tarqatib, zavjai mutahharani badnom qilmoqchi bo'ladi. Bu
quruq tuhmatdan hatto Payg'ambar (a. s.) shubhalanishga majbur bo'lib, bir oy mobaynida zavjalaridan
arazlab yuradilar. Lekin yolg'onning umri qisqalik qilib, Oisha onamizning pok ekanligi to'g'risida alohida
oyatlar nozil bo'ladi. Bo'hton to'quvchilarning peshvosi Abdulloh ibn Ubayga beriladigan jazo ham mazkur
oyatlarda qayd etiladi.
12. (Ey, mo'minlar,) sizlar (bu bo'htonni) eshitgan paytingizda mo'min va mo'minalar o'zlari (bir-
Dostları ilə paylaş: