71. Ular: "Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Bas, ularga sig'inishda davom eturmiz", - dedilar. 72. (Ibrohim) aytdi: "Iltijo qilgan paytlaringizda (butlaringiz) sizlarni (iltijolaringizni) eshitadilarmi? 73. Yoki sizlarga foyda yo zarar yetkaza oladilarmi?" 74. Ular dedilar: "Yo'q, bizlar ota-bobolarimizning mana shunday qilishlarini ko'rganmiz". 75. (Ibrohim) aytdi: "Sig'inayotgan narsalaringni (o'ylab) ko'rdilaringizmi? 76. O'zlaring va oldin o'tgan ota-bobolaringiz ham? 77. Albatta, ular menga dushmandir. (Men ularga emas), olamlar Parvardigorigagina (ibodat qilurman). 78. U meni yaratgandir, bas, U meni hidoyat qilur. 79. Uning O'zigina meni yedirur va ichirur. 80. Kasal bo'lganimda, Uning O'zi menga shifo berur. 81. U meni o'ldirur, so'ngra (qiyomat kuni qayta) tiriltirur. 82. U jazo kuni (qiyomatda) mening xatolarimni mag'firat etishini umid qilurman. 83. Ey, Rabbim! Menga hikmat baxsh etgin va meni solih (banda)larga qo'shgin! 84. Yana men uchun keyingilar o'rtasida yaxshi gaplar paydo etgin! 85. Yana meni ne'matlar bog'ining vorislaridan qilgin! 86. Otamni mag'firat qilgin. U adashganlardan edi. 87. Qayta tiriladigan Kunda meni sharmanda qilmagin!". 88. U kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda bermas,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
245
89. Faqat Alloh huzuriga sog'lom dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur).