Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
247
137. Albatta, bu (ayshu ishratga berilish) avvalgilardan qolgan xulq (odat)dir.
138. Bizlar shuning uchun azoblanuvchi emasmiz".
139. Bas, ular (Hudni) yolg'onchiga chiqarishgach, Biz ularni halok etdik. Albatta, bunda ibrat bordir.
(Lekin odamlarning) ko'plari imon keltiruvchi bo'lmadilar.
140. Albatta, Rabbingiz qudratli va rahmlidir.
141. Samud (qabilasi) payg'ambarlarni inkor etdi.
142. O'shanda birodarlari Solih ularga aytgan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!
143. Albatta, men sizlarga (yuborilgan) ishonchli payg'ambardirman!
144. Bas, Allohdan qo'rqinglar va menga itoat etinglar!
145. Men bu (da'vatim) uchun sizlardan mukofot so'ramayman. Mening mukofotim faqat olamlarning
Parvardigori zimmasidadir.
Dostları ilə paylaş: