Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
252
NAML SURASI
Naml-chumolilar.
Surada chumolilar to'g'risida ibratli qissa bo'lgani uchun unga shu nom berilgan. Unda payg'ambarlardan Muso,
Solih, Sulaymon (a. s.) lar haqida ham sermazmun oyatlar bor. Ayniqsa, Sulaymon (a. s.) ning insu jin,
parrandayu darandalar ustidan podshohlik qilganlari, Yaman diyoridagi Sabo mamlakatining malikasi Bilqis
bilan kechgan mojarolar diqqatga sazovordir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. To, Sin. Ushbular Qur'on va aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz) oyatlaridir.
2. (Bu oyatlar) shunday mo'minlarga hidoyat va xushxabardirki,
3. ular namozni mukammal ado etadilar, zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.
4. Albatta, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalar (qilayotgan) amallarini o'zlariga chiroyli ko'rsatib
qo'ygandirmiz. Bas, ular gangib yuraveradilar.
5. Ana o'shalar uchun (dunyoda ham) eng yomon azob bordir va ular oxiratda eng ko'p ziyon
ko'ruvchilardir.
6. (Ey, Muhammad,) albatta, Sizga (bu) Qur'on hakim va dono zot dargohidan berilur.
7. Muso oilasiga: "Men olov ko'rib qoldim. Sizlarga undan (biror) xabar keltirurman yoki sizlarga isinib
olishingiz uchun cho'g' keltirurman", - deganini eslang!
Dostları ilə paylaş: