Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə520/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   516   517   518   519   520   521   522   523   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

bordir.
 
165. Darhaqiqat, bizlar (Alloh xizmatida) saf tortib turuvchilardirmiz.
 
166. Yana, bizlar (Allohga) tasbeh aytuvchilardirmiz".
 
167. Darvoqe, (Makka ahli) aytar edilar: 
 
168. "Agar bizning oldimizda ham avvalgilar(ning kitoblari)dan biror eslatma (Kitob) bo'lsa edi, 
 
169. albatta, bizlar ham Allohning ixlosli bandalari bo'lur edik".
 
170. Bas, (Qur'on nozil bo'lgach,) unga kofir bo'ldilar. Bas, yaqinda (buning oqibatini) bilurlar.
 
171. Bizning payg'ambar bo'lgan bandalarimiz haqidagi (ushbu) So'zimiz kechgandir: 
 
172. "Shubhasiz, ular qo'llab-quvvatlanuvchilardir.
 
173. Va albatta, Bizning qo'shinimiz (ya'ni, payg'ambarlar va mo'minlar) g'olibdirlar".
 
174. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ulardan (mushriklardan) vaqtincha yuz o'giring! 
 
175. Ularni (mag'lub bo'lganlarida) ko'ring! Bas, yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko'rajaklar.
 
176. Hali ular Bizning azobimizni qistamoqdamilar?! 
 
177. Bas, qachonki, (azobimiz) ularning hovlilariga (ustilariga) tushganida (o'sha) ogohlantirilgan 
kimsalarning tonglari xayrli bo'lmas.
 
178. Siz ulardan (ma'lum) bir vaqtgacha yuz o'giring! 
 
179. Ularning (mag'lub bo'lganlarida) ko'ring! Bas, yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko'rajaklar.
 
180. Qudrat egasi bo'lmish Rabbingiz ularning tavsiflaridan (aybu nuqsondan) pokdir.
 
181. Payg'ambarlarga salom! 
 
182. Hamd esa, (barcha) olamlar Rabbiga (xosdir).  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   516   517   518   519   520   521   522   523   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin