Bu dunyoda ezgu ish qilgan zotlar uchun (oxiratda) chiroyli (oqibat - jannat) bordir. Allohning yeri
kengdir. Albatta, sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob berilur".
11. Ayting: "Men Allohga dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman.
12. Yana, musulmonlarning avvali bo'lishga buyurilganman".
13. Ayting: "Albatta, men agar Rabbimga osiy bo'lishga ulug' Kunning azobidan qo'rqurman".
14. Ayting: "Men faqat Allohga, dinimni Unga xolis qilgan holda ibodat qilurman.
15. Endi sizlar (ey, mushriklar,) Uni qo'yib, xohlagan narsalaringizga ibodat qilaveringlar". (Ey,
Muhammad,) ayting: "Haqiqiy ziyon ko'ruvchilar qiyomat kunida o'zlariga ham, ahli (oila)lariga ham
ziyon qiluvchi kimsalardir. Ogoh bo'lingizkim, ana shu aniq ziyondir".
16. Ular uchun ustilaridan ham olovdan bo'lgan "soyabonlar", ostilaridan ham (olovdan bo'lgan)
"soyabonlar" bo'lur. Bu (bo'lajak azob-uqubat) bilan Alloh O'z bandalarini qo'rqitishidir. Ey,
bandalarim, Mendan qo'rqingiz!
17. Shaytonga ibodat qilishdan chetda bo'lgan va Allohga qaytgan zotlar uchun xushxabar bordir. Bas,
(ey, Muhammad,) Mening shunday bandalarimga xushxabar beringki,
18. ular gapni tinglab, so'ng uning eng go'zaliga (foydalisiga) ergashadilar. Aynan o'shalar Alloh hidoyat
etgan zotlardir va aynan o'shalargina aql egalaridir.
19. Axir, bir kimsaga azob So'zi (hukmi) muqarrar bo'lsa (Siz uni hidoyat qila olarmidingiz)?! Axir, Siz
do'zaxdagi kimsani qutqara olarmidingiz?!
20. Lekin Parvardigorlaridan qo'rqqan zotlar uchun (jannatda) ustma-ust qurilgan ko'shklar bo'lib,
ularning ostidan anhorlar oqib turar. (Bu) Allohning va'dasidir. Alloh va'daga xilof qilmas.
Dostları ilə paylaş: |