Agar ular (jazoning qattiqligini) bilsalar edi (payg'ambarlarni inkor etmagan bo'lur edilar). 27. Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli masallarni keltirdik. Shoyad eslatma olsalar. 28. (Biz uni) qing'ir joyi bo'lmagan arabiy Qur'on holida (nozil qildik). Shoyad (Allohdan) qo'rqsalar. 29. Alloh (shunday) bir masal keltirdi: bir kishi (qul) borki, uning ustida talashuvchi sheriklar bor. Yana bir kishi (qul) borki, butunic ha bir kishinikidir. Ikkisining misoli barobar bo'lurmi?! Hamd Alloh uchundir. Ha, ularning ko'plari bilmaslar. 30. (Ey, Muhammad,) albatta, Siz ham o'luvchidirsiz, ular ham o'luvchidirlar. 31. So'ngra, albatta, sizlar qiyomat Kuni Rabbingiz huzurida da'volashursizlar. YIGIRMA TO’RTINCHI JUZ’ ************************* 32. Axir, Alloh sha'niga (shirk va farzandni nisbat berib) yolg'on so'zlagan va rostgo'ylik (vahiy)ni o'ziga kelgan paytidayoq inkor etgan kimsadan kim ham zolimroqdir yoki jahannamda kofirlar uchun joy yo'qmi?! 33. Rostlikni keltirgan zot (Muhammad) va uni tasdiq etgan (mo'minlar) - aynan o'shalar taqvoli zotlardir. 34. Ular uchun Parvardigorlari huzurida (jannatda) xohlagan narsalari bordir. Bu ezgu ish qiluvchi kishilarning mukofotidir. 35. (Bu) Allohning ular qilgan yomon amallarini o'chirib, qilib o'tgan chiroyli amallarining savobi bilan mukofotlashi uchundir. 36. Alloh O'z bandasiga (Muhammadga uni asrashda) yetarli emasmi?! (Ey, Muhammad,) ular Sizni (Allohdan) o'zga narsalar bilan qo'rqiturlar. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun (biror) hidoyat qiluvchi bo'lmas. Izoh: Ular Muhammad (a. s.)ni qo'rqitish maqsadida: "Sen bizning ma'budalarimizni tahqirlaganing uchun ular senga biror musibat yetkazurlar", - der edilar.