44. Ayting: "Barcha shafoat (oqlov) faqat Allohnikidir. Osmonlar va Yerning hukmronligi ham
Unikidir. So'ngra (barchalaringiz) Ungagina qaytarilursizlar".
45. Qachonki, yolg'iz Alloh zikr qilinsa, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalarning dillari siqilib ketar.
Qachonki, U zotdan o'zga (but)lar zikr qilinsa, birdan ular shodlanib keturlar.
46. Ayting: "Allohim, (ey) osmonlar va Yerni ilk yaratuvchisi, (ey) yashirin va oshkor narsalarni biluvchi
zot, yolg'iz O'zinggina bandalaring o'rtasida ular ixtilof qilib o'tgan narsalar xususida hukm qilursan".
47. Agar zolim (kofir) kimsalar uchun yerdagi (bor) narsa va u bilan birga yana o'shaning mislicha narsa
bo'lsa, albatta, ular qiyomat Kunidagi azobning yomonligidan, o'sha (narsalar)ni to'lov qilib berib
yuborgan bo'lur edilar. (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o'ylab ham ko'rmagan narsalar
(azoblar) namoyon bo'lur.
48. Ularga o'zlari kasb etgan yomonliklari oshkor bo'ladi va ularni o'zlari (dunyoda) masxara qilib
o'tgan narsa (azob) o'rab oladi.
49. Bas, qachonki, insonga biror ziyon yetsa, bizga duo qilur. So'ngra, qachonki, Biz O'z tomonimizdan
unga biror ne'mat ato etsak, u, shubhasiz, bu (ne'mat) menga o'zimning bilimdonligim sababli berildi", -
der. Aslida u sinovdir. Lekin, ularning aksariyati bilmaslar.
50. U (so'z)ni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularga o'zlari topgan narsalari asqotgani yo'q.
51. Bas, ularga qilgan yomonliklari yetdi. Ana ulardan (Makka mushriklaridan) bo'lmish zolimlarga
ham yaqinda yomonliklari yetar. Ular (biror ishni) uddalay oluvchi emasdirlar.
52. Axir, ular Alloh O'zi xohlagan kishining rizqini keng qilishini va (O'zi xohlagan kishining rizqini)
Dostları ilə paylaş: |