ushladi (halok qildi). Zero, U quvvatli va azobi qattiqdir. 23. Biz Musoni, mo''jizalarimiz va aniq hujjat bilan yubordik. 24. Fir'avn, Homon va Qorun huzuriga. Ular: "(Muso) yolg'onchi, sehrgardir", - dedilar. 25. Bas, qachonki, (Muso) ularga Huzurimizdan Haq (payg'ambarlik) bilan kelganida, ular: "U bilan birga mo’min bo'lganlarning o'g'illarini o'ldirib, ayollarini tirik qoldiringiz!" - dedilar. (Lekin) kofirlarning makrlari, albatta, zalolatda (zoyelikda)dir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
320
26. Fir'avn dedi: "Menga qo'yib beringlar, Musoni o'ldiray. (Qani) u Parvardigoriga duo qilsin-chi (unga najot berarmikan)! Men (Muso) sizlarning diningizni o'zgartirib yuborishidan yoki yer yuzida buzg'unchilikni avj oldirishidan qo'rqmoqdaman". 27. Muso aytdi: "Men Rabbim va Rabbingiz (bo'lmish Alloh)dan Hisob kuniga imon keltirmaydigan barcha mutakabbirlarning yomonligidan panoh berishini so'rayman. 28. (Shunda) Fir'avn zodagonlaridan bo'lgan, o'zining imonini yashirib yuradigan bir mo’min kishi dedi: "Bir kishini, "Mening Rabbim Allohdir", - degani uchun o'ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga Rabbingiz tomonidan hujjatlarni keltirgandir. Agar u yolg'onchi bo'lsa, yolg'oni o'ziga! Bordiyu rostgo'y bo'lsa, (u holda) sizlarga u va'da qilayotgan (azoblardan) ayrimlari yetib qoladi-ku! Albatta, Alloh haddan oshuvchi va yolg'onchi kimsalarni hidoyat qilmas. 29. Ey, qavmim, bugun-ku hukmronlik sizlarniki, (shu) yerda g'olibsizlar. Endi, agar bizlarga Allohning azobi kelsa, kim bizlarga yordam berur?!" Fir'avn aytdi: "Men sizlarga faqat o'zim ra'y qilayotgan