6. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Haqiqatan, men ham xuddi sizlar kabi bir bashardirman. Menga "Tangringiz yolg'iz Alloh" deb vahiy qilinmoqda. Bas, sizlar Uning O'ziga to'g'ri (toat-ibodatda) bo'lingiz va Undan mag'firat so'rangiz! Mushriklarga esa halokat bo'lgay!" 7. (Ular) zakot bermaydigan va o'zlari oxiratga ishonmaydigan kimsalardir. 8. Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir! 9. Ayting: "Haqiqatan ham sizlar Yerni ikki kunda yaratgan zotga kofir bo'lurmisizlar va o'zgalarni Unga tenglashtirurmisizlar?! Ana O'sha (barcha) olamlarning Parvardigori-ku?! 10. U (Yerning) ustida to'la to'rt kunda tog'larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o'sha (yer)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot) so'rovchilarga mosdir. Izoh: Hadisda kelgan ma'lumotga qaraganda, Alloh taolo Yerni yakshanba va dushanba kunlari yaratgan. Tog'larni seshanba kuni, daraxtlar, suv, obodon va xarobalarni chorshanba kuni yaratgan. Shu bilan to'rt kun o'tgan. Juma kuni osmonlarni, shanba kuni esa yulduzlar, quyosh, oy, farishtalar va kunning oxirida Odam (a. s.)ni yaratgan. ("Madorik tafsiri" dan). 11. So'ngra tutun holatda bo'lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: "(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelinglar!" - degan edi, ular: "O'z ixtiyorimiz bilan keldik", - dedilar. 12. Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo qildi va har bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasi)ni vahiy qildi. Biz quyi osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va (uni ofatlardan) saqladik. Bu qudratli va bilimli zotning taqdiri (o'lchovi)dir. 13. Bas, agar ular (Makka mushriklari) yuz o'girsalar, u holda ayting: "Men sizlarni xuddi Od va Samud