Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
329
14. Ular (o'tgan qavmlar) o'zlariga (bo'linmaslik haqida) bilim (hujjat) kelganidan so'ng o'zaro hasad
(adovat) qilishib, firqa-firqa bo'lib ketganlar. Agar Rabbingiz tomonidan belgilangan muddatgacha
(qiyomatgacha kechiktirish haqidagi) So'z kechmaganida, albatta, ularning o'rtasi ajrim qilingan bo'lur
edi. Albatta, ulardan keyin Kitobga (Tavrot va Injilga) voris qilingan kimsalar (yahudiy va nasroniylar)
ham undan (o'z Kitoblaridan) shak-shubhadadirlar.
15. Bas, (ey, Muhammad,) mana shuning uchun da'vat qiling va o'zingizga buyurilganidek, To'g'ri
yo'lda bo'ling hamda ularning (mushriklarning) havoyi nafslariga ergashmang va ayting: "Men Alloh
nozil qilgan Kitobga imon keltirdim va sizlarning o'rtangizda adolatli bo'lishga buyurildim. Alloh
Rabbimiz va Rabbingizdir. Bizlarning amallarimiz o'zimizga, sizlarning amallaringiz o'zlaringizgadir.
Bizlar bilan sizlarning o'rtangizda (biror) xusumat yo'qdir. Alloh (qiyomatda) barchamizni jamlar va
Dostları ilə paylaş: