(dildagi ma'naviy illat uchun) shifodir". Imon keltirmaydigan kimsalarning esa, quloqlarida og'irlik (karlik) bordir va u (Qur'on) ularga ko'rlik (omili) bo'lur. Ular (go'yo) uzoq bir joydan chaqirilayotgan kishilar (kabi)dirlar. 45. (Ey, Muhammad,) Darhaqiqat, Biz Musoga Kitob (Tavrot) ato etganimizda, u (Tavrot) haqida ham ixtilof qilingandir. Agar Rabbingiz tomonidan (jazo qiyomat Kuni bo'lishi haqida) So'z kechmaganida, ularning o'rtasida ajrim qilingan bo'lur edi. Haqiqatan ham, ular u (Qur'on) haqida shak- shubhadadirlar. 46. Kimki yaxshi amal qilsa, o'zi uchundir. Kim yomonlik qilsa ham o'z ziyonigadir. Rabbingiz bandalarga zulm qiluvchi emasdir. YIGIRMA BESHINCHI JUZ’ ************************* 47. Qiyomat ilmi (haqida) Uning O'zigagina murojaat qilinur. Barcha mevalarning o'z shonalaridan chiqishi ham, bir ayolning homila olib, ko'z yorishi ham, albatta, Uning ilmi bilan bo'lur. U zot (mushriklarga): "Mening "sheriklarim" qani"?! - deb nido qiladigan Kunda, ular: "Bizlar Senga bildirurmizki, oramizda ("sheriklaring" borligiga) birorta ham guvoh yo'qdir", - deydilar. 48. O'zlari ilgari (dunyo hayotida) sig'inib o'tgan narsalari ulardan g'oyib bo'lur. Ular o'zlari uchun qochadigan biror joy yo'q ekanligiga ishonadilar. 49. Inson (o'zi uchun) yaxshilik tilashdan malollanmas. Agar unga yomonlik yetib qolsa, u umidsizlikka, tushkunlikka tushuvchidir. 50. Qasamki, agar unga biror kulfat yetganidan so'ng Biz O'z tomonimizdan biror marhamatni tottirsak, albatta, u: "Bu yolg'iz o'zimdan. Men qiyomat qoyim bo'lishiga ishonmayman. Qasamki, agar (qiyomat bo'lib), men Parvardigorimga qaytarilsam, hech shak-shubhasiz, Uning dargohida ham men