Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
330
ziyoda qilur. Kofirlar uchun esa qattiq azob bordir.
27. Agar Alloh bandalarining rizqlarini keng-mo'l qilib yuborsa, albatta, ular yer yuzida tajovuzkorlikka
o'tib ketgan bo'lur edilar. Lekin, U O'zi xohlaganicha o'lchov bilan (rizq) tushirur. Albatta, U
bandalaridan xabardor va ko'rib turuvchidir.
28. U (odamlar) umidsizlikka tushganlaridan keyin yomg'ir ёg'diradigan va O'z rahmat (barakot)ini
keng yoyadigan zotdir. U do'st va hamd egasidir.
29. Osmonlar va Yerning yaratilishi hamda (Alloh) tarqatib yuborgan ulardagi jonivorlar Uning
alomatlaridandir. U O'zi xohlagan vaqtida ularni yig'ib olishga qodirdir.
30. (Ey, insonlar,) sizlarga ne musibat yetsa, bas, o'z qo'llaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir. Yana U
Dostları ilə paylaş: