uchun u joyda barcha mevalardan bordir va (u joyda) Parvardigorlari (tomoni)dan mag'firat bordir. (Ana shunday zotlar) do'zaxda mangu qoladigan va qaynoq suv bilan sug'orilganda ichaklarini tilka- pora qilib tashlaydigan (kofir)lar kabi bo'lurmilar?! 16. (Ey, Muhammad,) ularning (munofiqlarning) orasida shunday kimsalar ham borki, ular Sizga quloq solib turadi-da, huzuringizdan chiqqach, ilm ato etilgan zotlardan (masxara sifatida): "Hozirgina (Muhammad) nima dedi?" - deb so'rarlar. Ana o'shalar Alloh dillarini muhrlab qo'ygan va o'zlarining havoyi nafslariga ergashgan kimsalardir. 17. Hidoyat topgan zotlarga esa (Alloh) ularga yanada hidoyatni ziyoda qilur va taqvo ato etur. 18. Ular(munofiqlar) endi faqat to'satdan qiyomat kelib qolishinigina kutmoqdalar. Darvoqe, uning alomatlari keldi. Bas, ularga (qiyomat) kelgan vaqtida, ularning eslatma olishlari qanday (mumkin) bo'lur?! 19. Bas, (ey, Muhammad,) Allohdan o'zga iloh yo'q ekanini biling va o'z gunohingiz uchun hamda mo’min va mo’minalar(ning gunohlari) uchun mag'firat so'rang! Alloh sizlarning (bu dunyodagi) kezadigan joylaringizni ham, (oxiratda) boradigan joylaringizni ham bilur. 20. Imon keltirgan zotlar: "(Jihodga buyurilgan) biror sura nozil qilinganida edi", - derlar. Bas, qachonki, qat'iy bir sura nozil qilinib, unda jang zikr etilsa, dillarida maraz bo'lgan kimsalarning Sizga xuddi o'limdan (qo'rqib) behush bo'lib qolgan kimsaning qarashidek qarashayotganini ko'rasiz. (Holbuki,) ularga loyiq narsa 21. itoat etish va yaxshi so'z (so'zlash) edi. Endi, qachonki, ish (jang) muqarar bo'lganda, agar ular Allohga sodiq (rostgo'y) bo'lganlarida, albatta, o'zlari uchun yaxshi bo'lur edi.