ko'rishgach: "Bu bizlarga yomg'ir keltiruvchi bulutdir", - dedilar. Yo'q, u o'zlaringiz qistagan narsa bo'rondir-ki, unda alamli azob bordir. 25. U Parvardigorining amri bilan barcha narsani vayron qilur. Bas, (u bo'ron kelib), tong otganida faqat ularning (qoldiq) maskanlarigina ko'zga tashlanar edi. Biz jinoyatchi qavmni mana shunday jazolaymiz. 26. Holbuki, (ey, Makka ahli,) Biz ularni (boylik va quvvatda) sizlarni qodir qilmagan narsalarga qodir qilgan edik va ularga quloq, ko'z va dillar (ato) qilgan edik. (Lekin) ular Allohning oyatlarini inkor etganlari uchun ularga quloq-ko'zlari ham, dillari ham biror foyda bermadi va ularni o'zlari masxara qilib yurgan narsalari o'rab oldi. 27. (Ey, Makka ahli,) Biz sizlarning atrofingizdagi qishloq (shahar)larni halok qildik. Biz ularga shoyad (yaxshi yo'lga) qaytsalar, deb oyatlarni batafsil bayon qilgan edik. 28. Axir, o'zlari Allohni qo'yib, (Allohga) yaqin qiladigan "xudo"lar, deb tutgan (sig'ingan) narsalari ularga yordam bersalar bo'lmasmidi?! Yo'q, ulardan g'oyib bo'lib qolishdi! Bu ularning uydirmalari va (Alloh sha'niga) to'qigan bo'htonlaridir. 29. (Ey, Muhammad,) eslang, huzuringizga bir guruh jinlarni Qur'on tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas, qachonki, ular hozir bo'lishgach, (bir-birlariga): "Jim bo'linglar", - dedilar. Bas, qachonki, (tilovat) tugatilgach, ular o'z qavmlari oldiga ogohlantiruvchi bo'lgan hollarida qaytib ketdilar. 30. Ular dedilar: "Ey, qavmimiz, darhaqiqat, biz Musodan keyin nozil qilingan, o'zidan oldingi (ilohiy kitob)larni tasdiq qiluvchi Haq (din)ga va To'g'ri yo'lga hidoyat qiladigan bir Kitobni (Qur'onni) tingladik. 31. Ey, qavmimiz, Allohning da'vatchisi (Muhammad)ni qabul qilinglar va unga imon keltiringlar,