Allohning va'dasi haqdir" (desalar), u: "Bu faqat avvalgilarning afsonlaridir", - der. 18. Ana o'shalar shunday kimsalardirki, ularga o'zlaridan ilgari o'tgan insu jindan iborat (kofir) ummatlar qatorida (kechgan) So'z (azob) haq bo'lgandir. Albatta, ular ziyon ko'ruvchilardir. 19. Hamma uchun qilgan amallari sababli darajalar bordir. (Alloh) ularga qilgan amallari (mukofoti va jazolari)ni mukammal berur va ularga zulm qilinmas. 20. Kofir bo'lgan kimsalar do'zaxga duchor qilinadigan Kunda (ularga deyilur): "Sizlar o'z huzur- halovatlaringizni dunyodagi hayo-tingizdayoq ketkazdingiz va ulardan foydalanib bo'ldingiz. Endi, bugun u yerda nohaq kibr qilganlaringiz va fosiq bo'lganlaringiz sababli, xorlik azobi bilan jazolanursizlar". 21. (Ey, Muhammad,) Od (qabilasi)ning birodarini (Hudni) eslang! O'shanda u o'zining qum-tepalardagi qavmini:"Sizlar Allohgagina ibodat qilinglar! Men, haqiqatan, sizlarga ulug' Kunning azobidan qo'rqarman", - deb ogohlantirgan edi. Vaholanki, undan oldin va keyin ham ogohlantiruvchilar (payg'ambarlar) o'tgandir. 22. Ular: "Sen bizlarni xudolarimizdan burish uchun keldingmi?! U holda agar rostgo'y kishilardan bo'lsang, bizlarga va'da qilayotgan narsangni (azobni) keltirgin-chi?"-dedilar. 23. U aytdi: "(azob haqidagi)bilim faqat Alloh huzuridadir. Men sizlarga o'zim elchi qilib yuborilgan (din)ni yetkazurman. Lekin men sizlarni johil qavm ekaningizni ko'rmoqdaman". 24. Bas, qachonki, ular o'sha (azob)ni o'z vodiylariga qarab kelayotgan bir (qora) bulut holida
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
346