Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
343
31. Endi, kofir bo'lgan kimsalarga kelsak, (ularga aytilur): "Axir, sizlarga Mening oyatlarim tilovat
qilingan emasmidi?! Bas, sizlar kibrlandingizlar va jinoyatchi qavm bo'ldingizlar"
32. Qachonki, (sizlarga:) "Darhaqiqat, Allohning va'dasi rostdir, Qiyomat shubhasiz (keluvchi)dir", -
deyilsa, sizlar: "Biz Qiyomat nima ekanini bilmaymiz, faqat gumon qilamiz, xolos. Biz (Qiyomat
bo'lishiga) aniq ishonuvchi emasmiz", - dedingizlar.
YIGIRMA OLTINCHI JUZ’
*************************
33. (Mana endi) ularga qilib o'tgan yomonliklari fosh bo'ldi va o'zlari masxara qilib yurgan (azob)lari
ularni o'rab oldi.
34. (Ularga) deyiladi: "Sizlar mana shu kuningizdagi uchrashuvni unutganingizdek, Biz ham bugun
sizlarni "unuturmiz". Sizlarning joyingiz do'zaxdir va sizlar uchun (azobdan qutqaruvchi) yordamchilar
ham yo'qdir.
35. Bunga sabab - sizlar Allohning oyatlarini masxara qilib olgan edingizlar va sizlarni dunyo hayoti
aldab qo'ygan edi. " Bas, ular bugun undan (do'zaxdan) chiqarilmaslar va ulardan (yaxshi amallarga)
qaytishga ham imkoniyat berilmas.
36. Bas, osmonlar Parvardigori, Yer Parvardigori, (butun) olamlar Parvardigori - Allohga hamd!
37. Osmonlar va Yerdagi barcha buyuklik yolg'iz Unikidir! U qudratli va hikmatli zotdir.
Dostları ilə paylaş: