Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
342
Rabbingizga qaytarilursizlar.
16. Darhaqiqat, Biz Isroil avlodiga Kitob (Tavrot), hikmat va payg'ambarlik ato etdik va ularni pokiza
narsalardan rizqlantirdik hamda ularni (o'z zamonlaridagi) olamlardan afzal qildik.
17. Yana ularga ish(din) hujjatlarini ato etdik. Bas, ular ilm (hujjat) kelganidan so'ngina o'zaro hasad-
adovat ila ixtilof qildilar. Albatta, Rabbingiz Qiyomat kuni o'rtalarida ixtilof qilgan narsalari haqida
hukm qilur.
18. So'ngra (ey, Muhammad,) Biz Sizni (diniy) ishdan iborat shariat uzra (barqaror) qildik. Bas, Siz
o'shanga ergashing va bilmaydigan kimsalarning havoyi (fikr)lariga ergashmang!
19. Chunki, ular Sizdan Alloh (tomoni)dan bo'lmish (biror) narsani (azobni) qaytara olmaslar. Albatta,
zolimlar bir-birlariga do'stdirlar. Alloh esa taqvodorlarning do'stidir.
20. Ushbu (oyatlar) odamlar uchun dil ko'zgularidir va aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va
rahmatdir.
21. Balki yomonlik (gunoh)larni kasb etganlar o'zlarini imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar
Dostları ilə paylaş: