Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
340
Izoh: Tubba' qavmi deganda qadimda yashab o'tgan Tubba' ismli bir solih podshoning fuqarolari tushuniladi.
Ular juda baquvvat va bahaybat bo'lishlariga qaramay o'z podshohlariga itoat etmaganlaridan keyin Alloh
taolo u qavmni halok qilib yuborgan. Makka ahlining itoatsizligi tufayli shu kabi halokatga duchor bo'lishlari
mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda.
38. Biz osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o'ynab (behuda) yaratganimiz yo'q.
39. Biz ularni faqat Haq (jiddiyat) bilan yaratganmiz. Lekin, ularning aksariyati bilmaydilar.
40. Ajrim kuni (qiyomat kuni) barchalarining (hisob-kitob) vaqtidir.
41. U Kunda do'st do'stga biror narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.
42. Illo, Alloh rahmat qilgan kishilargagina (yordam berilur). Albatta, Uning O'zi qudratli va rahmlidir.
43. Albatta, (do'zaxda o'sadigan) Zaqqum daraxti
44. gunohkorning taomidir.
45. (U) qorinlarda yog'dek qaynar
46. qaynoq suvning qaynashidek.
47. (Do'zax farishtalari:) "Uni (gunohkorni) ushlab do'zaxning o'rtasiga sudrab olib boringlar
48. so'ngra boshidan qaynoq suv azobidan quyinglar!", - derlar.
Dostları ilə paylaş: