Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə577/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   573   574   575   576   577   578   579   580   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

1. Ho, Mim.
 
2. (Bu Qur'on) qudratli va hikmatli Alloh (tomoni)dan nozil qilingan kitobdir.
 
3. Haqiqatan, osmonlar va Yerda mo''minlar uchun (Allohga dalolat qiladigan) alomatlar bordir.
 
4. Yana sizlarning yaratilishingizda va (Alloh yer yuziga) tarqatib yuborgan jonivorlardan iborat 
narsalarda ham qat'iy ishonadigan qavm uchun alomatlar bordir.
 
5. Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan yog'dirib, u bilan "o'lgan" yerni 
"tiriltirgan" rizq (yomg'ir)da hamda shamollarning yo'naltirilishida aql yurgizadigan qavm uchun 
alomatlar bordir.
 
6. (Ey, Muhammad,) bular Allohning oyatlari bo'lib, ularni Sizga haqqoniylik bilan tilovat qilib 
bermoqdamiz. Bas, ular (Makka kofirlari) Alloh va Uning oyatlarini qo'yib, qaysi so'zga imon 
keltirmoqdalar?! 
 
7. Har qanday bo'htonchi va gunohkor holiga voykim, 
 
8. u o'ziga tilovat qilinayotgan Alloh oyatlarini eshitar, so'ngra go'yo ularni eshitmagandek, kibrlangan 
holda (o'z kufrida) davom etar. Bas, (ey, Muhammad,) unga alamli azob "xushxabari"ni bering! 
 
9. Qachonki, oyatlarimizdan biror narsani bilib olsa, uni masxara qilur. Ana o'shalarga xor qiluvchi 
azob bordir! 
 
10. Ularning ortida jahannam bor! Topgani (boylik va farzandlari) ham, Allohni qo'yib tutgan 
"do'stlari" ham ularga biror narsada asqotmas. Ularga ulkan azob bordir.
 
11. Ushbu (Qur'on) hidoyatdir. Parvardigorlarining oyatlariga kofir bo'lgan kimsalar uchun esa alamli 
uqubat azobi bordir.
 
12. Alloh kemalar O'z amri bilan suzishi hamda (u kemalarda) Uning fazli (rizqi)dan istashlaringiz 
uchun va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga dengizni bo'yin sundirib qo'ygan zotdir.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   573   574   575   576   577   578   579   580   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin