7. Qachon ularga Bizning oyatlarimiz bayon etuvchi holida tilovat qilinsa, kofir bo'lgan kimsalar Haq (Qur'on) to'g'risida u o'zlariga kelgan vaqtidayoq: "Bu aniq sehrdir", - dedilar. 8. Yoki ular: ("Qur'onni Muhammadning) o'zi to'qigan", - deydilarmi?! Ayting: "Agar uni o'zim to'qigan bo'lsam, u holda, sizlar men uchun Alloh (azobi)dan biror narsa(ni daf qilish)ga ega bo'la olmassizlar. U sizlar ko'pirtirayotgan narsani (uydirma gaplaringizni) juda yaxshi biluvchidir. Uning O'zi men bilan sizlarning o'rtangizda yetarli guvohdir. U mag'firatli va rahmli zotdir". 9. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men payg'ambarlarning yangisi (birinchisi) emasman. Men (kelajakda) na o'zimga va na sizlarga nima qilinishini bilmasman. Men faqat o'zimga vahiy qilinadigan narsaga ergashurman. Men faqat aniq ogohlantiruvchidirman". 10. Ayting: "(Ey, mushriklar,) xabar beringiz-chi, agar (ushbu Qur'on) Allohning huzuridan bo'lsa-yu, sizlar unga kofir bo'lsangizlar va Isroil avlodidan bo'lgan bir guvoh ham u (Qur'on)ning o'xshashiga guvohlik berib, imon keltirsa-yu, sizlar (imon keltirmay) kibr qilganlaringiz nimasi?! Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmas". 11. Kofir bo'lganlar imon keltirganlar haqida: "Agar (bu Qur'on) yaxshi bo'lganida (anavi yalangoyoqlar) unga bizlardan ilgari bormagan bo'lur edilar", - dedilar. Ular o'zlari u (Qur'on) bilan hidoyat topishmagach: "Bu eski uydirmadir", - derlar. 12. U (Qur'on)dan ilgari Musoning peshvo va rahmat bo'lmish Kitobi (Tavrot) bor edi. Bu. (Qur'on) arabiy lisondagi (oldingi ilohiy kitoblarni) tasdiqlovchi bir Kitobdir. U zolim (kofir) bo'lganlarni (oxirat
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur