balosi tushuvchidir. Alloh ulardan darg'azab bo'ldi, ularni la'natladi va ular uchun jahannamni tayyorlab qo'ydi. Naqadar yomon joydir u! 7. Osmonlar va Yer qo'shinlari (farishtalari) Allohnikidir. Alloh qudratli va hikmatli zotdir. 8. (Ey, Muhammad,) haqiqatan, Biz Sizni (qiyomat kuni ummatlarga) guvohlik beruvchi, (mo'minlarga) xushxabar eltuvchi va (kofirlarni) ogohlantiruvchi qilib yuborgandirmiz. 9. (Biz, Muhammadni) Allohga va uning Payg'ambariga imon keltirishlaringiz uchun va uni qo'llab- quvatlab, izzat-ikrom qilishlaringiz hamda erta-yu kech Unga (Allohga) tasbeh aytishlaringiz uchun (yubordik). 10. (Ey, Muhammad,) haqiqatan, Sizga bay'at (qasamyod) qiladiganlar, albatta, Allohga bay'at qilgan bo'lurlar. Allohning "qo'li" ularning qo'llaridan balanddir. Bas, kimki (o'z qasamyodini) buzsa, bas, (u) faqat o'z zarariga buzur. Kimki Alloh bilan ahdlashgan narsasiga vafo qilsa, u holda (Alloh) unga ulkan mukofot ato etur. Izoh: Hudaybiya vodiysidagi bir tup daraxt ostida bir yarim mingga yaqin musulmonlar Rasulullohga har qanday sharoitda sodiq bo'lishlari haqida qasamyod etganlar. Bu qasamyod "Bay'atur - rizvon" - deb ataladi. Ya'ni, Alloh rozi bo'ladigan qasamyod demakdir. 11. (Ey, Muhammad,) hali (Madinaga qaytilgach) Sizga a'robiylardan (jangga chiqmay, uyda) qolgan (munofiq)lar: "Bizlarni mollarimiz va ahl (oila)larimiz band qilib qo'ydi. Endi o'zing bizlar uchun (Allohdan) mag'firat so'ragin", - derlar. Ular dillarida bo'lmagan narsani (yolg'onni) tillari bilan ayturlar. Ayting: "Agar (Alloh) sizlarga biror zarar (yetkazish)ni istasa yoki U sizlarga biror manfaat
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur