bemorga ham haraj yo'qdir. Kimki Alloh va uning payg'ambariga itoat etsa, (U) uni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kimki yuz o'girib ketsa, uni alamli azob bilan azoblar. 18. (Ey, Muhammad,) darhaqiqat, Alloh mo'minlardan - ular daraxt ostida sizga bay'at (qasamyod) qilayotgan vaqtlarida - rozi bo'ldi. Bas, U ularning dillaridagi narsa (sadoqat)ni bilib, ularga xotirjamlik tushirdi va ularni (Xaybar jangidagi) yaqin g'alaba bilan mukofotladi. Izoh: Bir guruh Islomga kirgan musulmonlarning muayyan daraxt ostida Rasululloh huzurida qasamyod qilganliklari qayd etilgan. 19. (Ular) oladigan ko'pdan-ko'p o'ljalar bilan ham (mukofotladi). Alloh qudratli va hikmatli zotdir. 20. (Ey, mo'minlar,) Alloh sizlarga o'zingiz oladigan ko'pgina o'ljalar va'da qildi. Endi mana bu (Xaybar jangidagi o'ljalar)ni esa naqd qilib qo'ydi va (dushman) odamlarning qo'llarini sizlardan to'sib qo'ydi. Toki (bu ne'matlar) mo''minlarga alomat bo'lgay va (Alloh) sizlarni To'g'ri yo'lga hidoyat qilgay. 21. Yana sizlar hali qodir bo'lmagan boshqa (o'lja)lar ham borki, Alloh ularni ihota qilib qo'ygandir. Alloh barcha narsaga qodir zotdir. 22. Agar kofir bo'lgan kimsalar sizlar bilan jang qilganlarida, albatta, (ular) ortlariga qarab qochgan bo'lur edilar. So'ngra ular na bir do'st va na bir yordamchi topurlar. 23. (Bu) Allohning yo'li (qonuni) bo'lib, ilgari ham o'tgandir. Allohning yo'liga esa o'zgartirish topa olmassiz.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
352
24. U (Alloh) Makkaning ichida (Hudaybiyyada) sizlarni ularning (Makka mushriklarining) ustiga g'olib