oluvchi farishta) bordir.
19. Mana o'lim mastligi (jon chiqish payti) haqiqatan (yetib) keldi. (Ey, inson,) bu (o'lim) sen undan
qochuvchi bo'lgan narsadir.
20. (Tasavvur qiling,) Sur ham chalindi. Bu (kofirlarga azob) va'da qilingan Kundir!
21. Har bir jon o'zi bilan birga (uni mahsharga) haydovchi (bir farishta) va (amallariga) guvohlik
beruvchi (ikkinchi farishta) bilan birga kelur.
22. (Ey, inson,) sen bu (og'ir Kun)dan g'aflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni ochib yubordik. Endi,
bugun ko'zing o'tkirdir.
23. Uning (kofirning) yaqini (bo'lgan farishta) deydi: "Mana bu (nomai a'mol) mening huzurimda
(doimo) hozir bo'lgan narsadir".
24. (Do'zax xodimlaridan ikki farishtaga aytilur): "Har bir noshukr, qaysarni jahannamga tashlangiz!
25. Shuningdek, yaxshilikni man etuvchi, tajovuzkor va (Allohga) shak keltiruvchini hamki,
26. u Alloh bilan boshqa "iloh"ni sherik qigan edi, uni qattiq azobga tashlangiz!"
27. Uning yaqini (shayton): "Parvardigoro, uni men tug'yonga solganim yo'q, lekin uning o'zi (haq
yo'ldan) yiroq zalolatda bo'ldi", - deydi.
28. (Alloh) aytadi: "Mening dargohimda bahslashmanglar! Men ilgari sizlarga tahdid qilganman.
29. Mening dargohimda (qilingan) so'z o'zgartirilmas va Men bandalarga zulm qiluvchi ham
emasdirman".
30. U Kunda Biz jahannamga "to'ldingmi?", - dermiz, u esa: "Yana qo'shimcha bormi?" - der.
31. Jannat taqvodor zotlarga yiroq bo'lmagan (bir makonga) keltirilur
32. (va ularga:) "Mana shu (ne'matlar) sizlarga - (Allohga) qaytuvchi, (ahdini) saqlovchiga (va'da qilinib
Dostları ilə paylaş: |