ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to (tajovuzkor toifa) Allohning amriga qaytgunicha, sizlar tajovuz qilgan (toifa) bilan urushinglar! Endi agar u (toifa tajovuzkorlikdan) qaytsa, sizlar darhol ularning o'rtasini adolat bilan tuzatib qo'yinglar va adolat qilinglar! Zero, Alloh adolatlilarni sevar. 10. Albatta, mo'minlar og'a-inidirlar. Bas, sizlar ikki og'a-iningiz o'rtasini tuzatib qo'yinglar va Allohdan qo'rqinglar, shoyad rahm qilinsangizlar. 11. Ey, mo'minlar, (sizlardan) bir qavm (boshqa) bir (mo'min) qavmni masxara qilmasin! Ehtimolki, (masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. Yana (Sizlardan) ayollar ham (boshqa) ayollarni (masxara qilmasinlar)! Ehtimolki, (masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. O'zlaringizni
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
354
(bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizni laqablar bilan atamanglar! Imondan keyin fosiqlik nomi naqadar yomondir! Kimki tavba qilmasa, bas, aynan o'shalar zolimlardir. 12. Ey, mo'minlar, ko'p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ba'zi gumon(lar) gunohdir! (O'zgalar aybini qidirib) josuslik qilmanglar va biringiz biringizni g'iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o'lgan birodarining go'shtini yeyishni xohlaydimi?! Uni yomon ko'rasiz-ku, axir! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir. 13. Ey, insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir- birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va