qilganidan keyin ularning qo'llarini sizlardan, sizlarning qo'llaringizni ulardan to'sgan (sulh qildirgan) zotdir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir. 25. Ular (Makka mushriklari) kofir bo'lgan va sizlarni Masjidul-Haromdan, qurbonlikni esa mahbus holida, o'z joyiga yetishdan to'sgan kimsalardir. Agar (Makkada) sizlar bilmagan mo'min kishilar va mo'mina ayollar bo'lmasa edi - sizlar ularni bilmagan holingizda (mushrik deb o'ylab) oyoqosti qilib qo'yib, ular sababli sizlarga or yetmasa edi, (Alloh sizlarni Makkaga yurishdan qaytarmagan bo'lur edi). Alloh O'zi xohlagan kishilarni O'z rahmatiga doxil qilish uchun (shunday qildi). Agar (mo''minlar) ajralib olganlarida, albatta, ulardan (Makka ahlidan) kofir bo'lganlarini alamli azob bilan azoblagan bo'lur edik. 26. O'shanda kofir bo'lgan kimsalar dillariga g'urur - johiliyat g'ururini solganlarida Alloh O'z payg'ambarining va mo''minlarning ustiga xotirjamligini tushirdi va ularga taqvo kalimasini (ya'ni, "Lo iloha illalloh"ni) lozim qildi. Ular o'sha (kalima)ga juda haqli va ahl edilar. Alloh barcha narsani biluvchi zotdir. 27. Qasamki, Alloh O'z Payg'ambariga (u ko'rgan) tushni ro'yobga chiqardi, albatta, sizlar (ey, mo'minlar), inshoalloh, Masjidul-Haromga emin-erkin, boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan va (yoki) qisqartirgan hollaringizda qo'rqmasdan kirursizlar. Bas, (Alloh) sizlar bilmagan narsani bilib, undan (Makka fathidan) oldin yaqin bir g'alabani (Xaybar g'alabasiga ega) qildi. Izoh: Payg'ambar (a. s.) Hudaybiya sulhidan oldin tushlarida sahobalar bilan Makkaga tinch holatda kirib, Ka'bani ziyorat qilganlar va ularning ba'zilari sochlarini qirdirgan, ba'zilari esa sochini qisqartirgan. Lekin o'sha yili Makkaga kiraolmaganlar, balki Hudaybiya bilan sulh tuzilgan. Makka fathidan oldin yana bir g'alabani va'da qilinishiga binoan, bu fath Xaybar fathi, navbatdagisi esa Makka fathi ekanligi ma'lum bo'ladi.