www.ziyouz.com кутубхонаси
351
(yetkazish)ni istasa, bas, kim sizlar uchun Alloh (tomoni)dan bo'lgan biror narsani (daf qilish)ga ega
bo'la olur?! Yo'q, Alloh sizlar qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
12. Balki sizlar Payg'ambar va mo''minlar (bu jangdan) o'z ahl (oila)lariga sira qaytib kelmaydilar, deb
o'yladinglar va bu dillaringizga chiroyli ko'rsatilib, yomon gumon qildinglar hamda halok bo'luvchi
qavm bo'ldinglar".
13. Kimki Allohga va uning payg'ambariga imon keltirmagan bo'lsa, bas, albatta, Biz (unday) kofirlar
uchun do'zaxni tayyorlab qo'ygandirmiz.
14. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohnikidir. (U) xohlagan kishilarni mag'firat qilur va xohlagan
kimsalarni azoblar. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.
15. Hali sizlar (Xaybar jangidagi) o'ljalarni olish uchun ketayotgan vaqtingizda (jihodga chiqmay uyda)
qolgan kimsalar: "Bizlarga ham (o'lja olish uchun) sizlarga ergashishimizga (yo'l) qo'yinglar", - derlar.
Ular Allohning kalomini o'zgartirmoqchi bo'ladilar. Ayting: "Sira ham bizlarga ergashmaysizlar. Alloh
ilgari mana shunday degandir". Bas, ular: "Balki, sizlar bizlarga hasad (baxillik) qilayotgandirsizlar", -
derlar. Yo'q, ular kamdan-kam (narsalarnigina) anglarlar.
16. A'robiylardan (jihodga chiqmay) qolgan (munofiq) kimsalarga ayting: "Yaqinda sizlar ashaddiy
kuch egalari bo'lmish bir qavm (bilan jang qilish)ga chorlanursizlar. (O'shanda ё) ular bilan
urusharsizlar yoki ular (jangsiz) Islomga kirurlar. Bas, agar (o'shanda) itoat etsangizlar, Alloh sizlarga
go'zal mukofot ato etur. Agar ilgari yuz o'girib ketganlaringizdek yuz o'girib ketsangizlar, (Alloh)
sizlarni alamli azob bilan azoblar.
17. (Jihodga chiqmaslikda) ko'zi ojiz kishiga haraj (tazyiq) yo'qdir. Cho'loqqa ham haraj yo'qdir,
Dostları ilə paylaş: |