qavm-ku", - dedi. .
26. So'ngra u asta oilasi oldiga chiqib, bir semiz buzoqni (so'yib, pishirib) keltirdi.
27. Uni ularga yaqin qilib, "(Taomdan) yemaysizlarmi?" - dedi.
28. (Lekin ovqatga qo'l cho'zishmagach,) ulardan xavfsiray boshladi. (Shunda) ular: "Qo'rqmagin. (Biz
farishtalar taom yemaymiz)", - dedilar va (Ibrohimga) bir dono o'g'il (tug'ilishi)
xushxabarini berdilar.
29. Shunda (Ibrohimning) xotini qichqirgancha keldida, (ajablanganidan) o'zining yuziga urib: "(Axir,
men) tug'mas kampir(man)ku!" - dedi.
30. Ular aytdilar: "Parvardigoring mana shunday, dedi. Albatta, Uning O'zi hikmat va bilim sohibidir".
YIGIRMA YETTINCHI JUZ’
*************************
31. (Ibrohim) dedi: "Ey, elchilar, yumushlaringiz nedir?"
32. Aytdilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga) yuborildik.
33. Loy sopolidan qilingan toshni ular uzra yog'dirishimiz kerak.
34. Parvardigoring nazdida haddan oshuvchi kimsalar uchun (har bir toshga) belgi qo'yilgan (nomlari
yozib qo'yilgan). "
35. Bas, Biz u joydagi mo''minlardan bo'lmish kishilarni chiqarib yubordik.
36. U joyda bir xonadondan (Lut xonadonidan) o'zga musulmonlarni topmadik.
37.Biz (kofirlarni halok qilganimizdan so'ng) alamli azobdan qo'rqadigan zotlar uchun u joyda alomat
qoldirdik.
38. Muso (qissasi)da ham (ibrat bordir). Eslang, Biz uni aniq hujjat bilan Fir'avn oldiga yuborgan edik.
39. U o'z arkoni (davlati)ga suyanib, imon keltirishdan yuz o'girdi va: "(Muso) sehrgar yoki majnun", -
dedi.
40. Bas, Biz uni ham, qo'shinlarini ham ushlab, ularni dengizga otdik (g'arq qilib yubordik). U
Dostları ilə paylaş: |