Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
358
VAZ-ZORIYOT SURASI
Zoriyot - haydovchilar demakdir. Ya'ni, bulutlarni haydab yuruvchi shamollar. Alloh shu so'z bilan qasamyod
etgani sababli suraning o'zidan olib unga nom etib qo'yilgan. Surada oxiratda ro'y beradigan
voqealardan Alloh
taolo O'z bandalarini ogoh etib, bu dunyoda ezgu amallarni qilib borishlik bilan unga hozirlik ko'rish
lozimligi
ta'kidlanadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod etaman (bulutlarni) haydab yuruvchi (shamol)larga,
2. yuk (yomg'ir) tashuvchi (bulut)larga,
3. (suv yuzida) yengil suzuvchi (kema)larga
4. va (Alloh buyurgan) ish(lar)ni taqsimlovchi (farishta)largaki,
5. sizlarga va'da qilinayotgan narsa (qayta tirilish), shubhasiz, rostdir
6. va albatta, (Qiyomat kunida hisob-kitob qilingandan keyin) jazo (va mukofot) ham voqe bo'luvchidir!
7. (Yulduzlar harakat qiladigan) yo'llar egasi bo'lmish osmonga qasamki,
8. albatta, sizlar (ushbu Payg'ambar xususida) qarama-qarshi so'z uzradirsizlar!
Dostları ilə paylaş: