Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
364
NAJM SURASI
Surada kelgan eng ajib ma'lumotlardan biri - bu me'roj kechasining tasviridir. Ya'ni, Muhammad (a. s.)
Makkadan to Masjidi Aqsogacha, so'ng u yerdan osmonlar uzra parvoz qilib, Alloh buyurgan joygacha samoviy
sayr qilgan kechalari haq ekanligiga ushbu surada qat'iy dalillar mavjud.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Botib ketayotgan yulduzga qasamki,
2. sizlarning sohibingiz (ya'ni Muhammad) zalolatga ketgani ham yo'q, yo'ldan ozgani ham yo'q!
3. (Qur'onni) o'z havosi (xohishi) bilan so'zlamas.
4. U (Qur'on) faqat (Alloh tomonidan) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.
5. Unga (tilovatni) shiddatli quvvatga ega bo'lmish zot (Jabroil) ta'lim bermishdir.
6. (U) iqtidorli (farishta)dir. Bas, u turdi.
7. O'zi oliy ufqda edi.
8. So'ngra yaqinlashib, pastladi.
9. Bas, (Muhammadga) ikki kamon oralig'idek yoki (undan ham) yaqinroq bo'ldi.
10. Bandasi (Muhammad)ga Alloh tushirgan vahiyni keltirdi.
11. Ko'ngil ko'rgan narsasida yolg'onchi bo'lmadi.
12. Endi sizlar, (ey, mushriklar, Payg'ambar) ko'rib turgan narsasi ustida u bilan tortishurmisizlar?!
13. Qasamki, (Muhammad Jabroilni) ikkinchi bor ko'rdi.
14. (Jannat) chekkasidagi Nilufar oldida.
15. Ma'vo jannati ham o'sha (Nilufar)ning oldidadir.
Dostları ilə paylaş: