Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
370
AR-RAHMON SURASI
Ar-Rahmon - Allohning go'zal ismlaridan biri. Surada Alloh taolo insoniyat va jinlarga bu dunyo va oxiratda
ato etgan va etajak ne'matlaridan ba'zilarini eslatib, o'ttiz bor: "Bas, Rabbingizning qaysi bir ne'matlarini inkor
etasizlar?!" - deb ularga xitob etgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Mehribon (Alloh)
2. Qur'onni ta'lim berdi.
3. (U) insonni yaratdi.
4. Unga bayonni (nutqni) ta'lim berdi.
5. Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob bilan (joriydirlar).
6. Poliz ekinlariyu daraxtlar ham (Allohga) sajda qilur (bo'yin sunur).
7. Osmonni baland qilib qo'ydi va tarozini joriy qildi.
8. Toki, tarozida haddan oshmagaysizlar.
9. (Ey, insonlar, muomalada) vaznda adolat o'rnatinglar va tarozidan urib qolmanglar!
10. (U) Yerni odamlar uchun (tekis qilib) qo'ydi.
11. Unda meva va g'unchali xurmo daraxtlari bor.
Dostları ilə paylaş: