Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Yana somonli donlar va rayhon (gullari bor)



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə622/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   618   619   620   621   622   623   624   625   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
12. Yana somonli donlar va rayhon (gullari bor).
 
13. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
 
14. U insonni (Odamni) sopol yangliq quruq loydan yaratdi.
 
15. Jin (va shaytonlarni) esa olovdan yaratdi.
 
16. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 
17. (Alloh) ikki mashriqning (ya'ni, kun va oy chiqadigan tomonlarning) ham, ikki mag'ribning (kun va 
oy botadigan tomonlarning) ham Parvardigoridir.
 
18. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 
 
19. U ikki dengiz (daryo)ni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi.
 
20. (Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar.
Izoh: Adan ko'rfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob al-Mandab bo'g'ozida va Atlas ummoni (Atlantik okeani) 
bilan Oq (O'rta Yer) dengiz tutashgan Jabali Toriq (Gibraltar) bo'g'ozida ikki dengiz suvi bir-biriga 
aralashmagan holda oqar ekan. Bu haqda 14 asr avval zikr qilinganligini bilgach, mashhur sayyoh kapitan 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
371
Kusto ham Qur'oni Karimning ilohiy mo''jiza ekanligini tan oldi.  
21. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 
 
22. U ikkisidan (dengizdan) marvarid va marjon chiqur.
 
23. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 
 
24. Uning dengizda (yelkanlari) tog'lar kabi baland ko'tarilgan kemalari ham bordir.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   618   619   620   621   622   623   624   625   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin