54. So'ng uning ustiga qaynoq suvdan ichuvchi, 55. (ichganda ham) tashna tuyalar kabi ichuvchidirsizlar. 56. Mana shu jazo Kunidagi ularning "ziyofat"idir. 57. (Ey, insonlar,) sizlarni Biz yaratdik-ku! Bas, (yana qayta yarata olishimizni) tasdiq etmaysizlarmi?! 58. Sizlar (xotinlaringiz bachadoniga) to'kadigan maniy (urug')ni (o'ylab) ko'rdingizmi? 59. Uni sizlar (inson qilib) yaraturmisizlar yoki Biz yaratuvchimizmi?! 60. Sizlarning o'rtangizdagi o'limni ham Biz o'lchab qo'ygandirmiz. Bizdan o'zib ketilmas. 61. Biz (o'rningizga) sizlarga o'xshaganlarni almashtirib qo'yishga hamda sizlarni o'zlaringiz bilmaydigan holat - suratda qayta paydo qilishga ham (ojiz emasdirmiz). 62. Sizlar ilk bor paydo bo'lishlaringiz (qanday bo'lgani)ni bildingiz-ku! Bas, eslatma olmaysizlarmi?! 63. Sizlar ekayotgan ziroatlaringiz haqida o'ylab ko'rdingizmi?! 64. Uni sizlar undirurmisizlar yoki Biz undiruvchimizmi?! 65. Agar Biz xohlasak, uni quruq cho'p qilib qo'ygan bo'lur edik, sizlar esa ajablanib qolavergan bo'lur edingiz. 66. "Bizlar ziyon ko'ruvchilarmiz. 67. Balki, bizlar (rizqimizdan) mahrumdirmiz" (deb nadomatda qolgan bo'lur edingizlar). 68. Sizlar o'zlaringiz ichayotgan suvni (o'ylab) ko'rdingizmi?! 69. Uni bulutlardan sizlar yog'dirdingizmi yoki Biz yog'diruvchimizmi?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
377
70. Agar Biz xohlasak, uni sho'r va achchiq qilib qo'ygan bo'lur edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?!