Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
374
VOQEA SURASI
Voqea - qiyomat nomlaridan biri.
Surada qiyomat qoyim bo'lganda ro'y beradigan mudhish hodisalar bayonidan boshlanib, oxiratda bandalarning
oladigan mukofotlari, jannat ne'matlari, do'zax ahlining azob-uqubatlari tafsiloti bilan davom etadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qachonki, Qiyomat voqe (qoyim) bo'lganda -
2. uning voqe bo'lishining yolg'oni yo'qdir -
3. (u odamlarni) ostin-ustun etuvchidir.
4. Yer larzaga kelgan,
5. tog'lar titilib (to'zib),
6. to'zonga aylangan (bo'lur).
7. Sizlar esa uch toifa bo'lursizlar.
8. Bas, (u uchning birinchisi) o'ng tomon egalaridir. O'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir!
9. (Ikkinchi toifa) chap tomon egalaridir. Chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir!
Izoh: Qiyomat kuni bu dunyoda qilgan yaxshi-yomon amallari yozilgan nomai a'mollari qaysi tarafidan
berilishiga qarab taqdiri ma'lum bo'ladi Kitobi o'ng tomondan berilsa, bu uning baxtli ekaniga dalolat. Agar
chap tomonidan yoki orqa tomonidan berilsa, uning baxtsiz ekanligiga ishoratdir.
Dostları ilə paylaş: