Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
366
ko'tarmas.
39. Insonga faqat o'zi qilgan harakatigina (mansub) bo'lur.
40. Uning qilgan sa'yi (harakati) yaqinda (Qiyomatda) ko'rinur.
41. So'ngra u to'la jazo (yoki mukofot) olur.
42. Albatta, oxirgi manzil yolg'iz Rabbingiz oldiga (bormoqlik)dir.
43. Albatta, kuldirgan ham, yig'latgan ham Uning O'zidir.
44. Albatta, o'ldirgan ham, tiriltirgan ham Uning O'zidir.
45. U erkak va ayol - juftlarni yaratgandir
46. shitob chiqadigan nutfa (maniy)dan.
47. Albatta, (o'lganidan so'ng) ikkinchi bor paydo qilish ham faqat Uning zimmasidadir.
48. Albatta, boy qilgan ham, badavlat qilgan ham Uning O'zidir.
49. Albatta, She'ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning O'zidir.
Izoh: She'ro - U samoda javzo yulduzidan keyin ko'rinadigan yulduz bo'lib, Xuzoa qabilasi unga sig'inar edilar.
50. Haqiqatan, U avvalgi Od (qabilasi)ni halok etdi.
51. Yana Samud (qabilasi)ni ham. Bas, (ulardan birortasini tirik) qoldirmadi.
52. Yana U ilgari Nuh qavmini ham (halok qilgan edi). Chunki ularning o'zlari o'ta zolim va tug'yonga
ketgan kimsalar edilar.
53. Yana U zot ostin-ustin bo'lgan qishloqni (Lut qavmini) ham (halok etgan).
54. Uni o'ragan narsa (yog'ilgan toshlar) bilan o'rab tashladi.
Dostları ilə paylaş: