Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
360
41. Od (qabilasi qissasi)da ham (ibrat bordir). Qaysiki, Biz ularning ustiga yaxlit (foydasiz) bo'ronni
yuborgan edik.
42. U (bo'ron) nimaning ustidan o'tsa, albatta, uni (halok etib), xuddi chirigan suyaklardek qilib qo'yar
edi.
43. Samud (qabilasining qissasi)da ham (ibrat bordir). Qaysiki, ularga (man etilgan tuyani so'yib
yuborganlarida) "bir vaqtgacha (ya'ni, uch kungacha tiriklik ne'matidan) bahramand bo'lingiz", -
deyilgan edi.
44. Bas, ular Parvardigorning amri (itoati)dan kibr qilishgach, qarab turgan hollarida ularni chaqmoq
urdi.
45. Bas, ular (qochish uchun o'rinlaridan) turishga ham qodir bo'lmadilar va (hech kim tomonidan)
yordam beriluvchi ham bo'lmadilar.
46. (Mazkur qavmlardan) oldin Nuh qavmini ham (halok qilgandirmiz). Chunki, ular fosiq (itoatsiz)
qavm edilar.
47. Osmonni Biz "qo'llar" bilan barpo etdik. Darhaqiqat, Biz qudratlidirmiz.
48. Yerni esa (yoyib) to'shab qo'ydik. Bas, (Biz) naqadar yaxshi yoyuvchidirmiz!
49. Sizlar eslatma olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik.
50. (Ey, Muhammad, ularga ayting): "Bas, Allohga (imon keltirish uchun) qochinglar! Albatta, men
sizlar uchun U zot(ning azobi)dan aniq ogohlantiruvchidirman.
51. Alloh bilan birga yana boshqa iloh bor, demanglar! Albatta, men sizlar uchun U(ning azobi)dan anig'
ogohlantiruvchidirman".
52. Xuddi shuningdek, ulardan (Makka mushriklaridan) avvalgi (kofir)larga (biror) payg'ambar kelsa,
Dostları ilə paylaş: