www.ziyouz.com кутубхонаси
396
TALOQ SURASI Eridan ajralgan, ya'ni, taloq qilingan ayol qancha idda o'tirishi, uni to iddasi chiqqunga qadar joy va nafaqa
bilan ta'minlab turish erning burchi ekanligi, Payg'ambarimizning o'z ummatlariga nisbatan jaholat zulmatidan
imon nuri sari yetaklab chiquvchi xaloskor ekanliklari va boshqa ilohiy nasihatlar bu suradan joy olgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Ey, Payg'ambar, qachonki, sizlar (mo'minlar) xotinlaringizni taloq qilsangizlar, ularning iddalarida (poklik paytlarida) taloq qilinglar va iddani sananglar! Rabbingiz - Allohdan qo'rqinglar! (Idda tugaguncha) ularni (yashab turgan) uylaridan (haydab) chiqarmangizlar va ular ham o'zlaricha chiqib ketmasinlar. Faqat ular ochiq fahsh (buzuqlik yoki idda o'tmay chiqib ketish kabi) ishni qilsalargina (uylaridan chiqarilurlar). Bu Allohning chegaralaridir. Kimki, Alloh chegaralaridan tajovuz qilib o'tsa, demak, u o'ziga zulm qilibdi. Siz bilmassiz, ehtimol, Alloh bu (taloq)dan keyin biror ishni paydo qilar. 2. Bas, qachonki, (idda) muddatiga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar yoki yaxshilik bilan (haqqi-mahrlarini berib) ajrashinglar. Va (yarashayotgan yoki ajralishayotganda) o'zlaringizdan (musulmonlardan) ikki adolatli guvohni hozir qilinglar va guvohlikni Alloh uchun mukammal ado etinglar! Bu (hukm)dan faqat Allohga va oxirat Kuniga imon keltiruvchi kishi pand olur. Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo'lini (paydo) qilur. 3. Yana, uni o'zi o'ylamagan joydan rizqlantirur. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O'zi unga kifoya qilar. Albatta, Alloh O'zi (xohlagan) ishiga yetuvchidir. Alloh barcha narsa uchun miqdor (o'lchov) qilib qo'ygandir.