Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


(Ey, Muhammad, Qur'onni) tezroq (yodlab) olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmay qo'ya qoling



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə688/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   684   685   686   687   688   689   690   691   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

16. (Ey, Muhammad, Qur'onni) tezroq (yodlab) olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmay qo'ya qoling. 
Izoh: Odatda Payg'ambar (a. s.) Qur'on suralari va oyatlarini Jabroil (a. s.)dan qabul qilib olganlaridan keyin 
o'zlarini qiynab bo'lsada, yoddan chiqarmaslik uchun ko'p takrorlar edilar. O'aq taolo ul zotni bu 
mashaqqatdan ozod etdi. Binobarin, vahiyni bir eshitishlarida yod olish qobiliyati ato etildi.  
17. Zero, uni (Sizning dilingizda) jamlash ham, (tilingizdagi) qiroati ham Bizning zimmamizdadir.
 
18. Bas, qachon Biz (Jabroil tilida) uni o'qisak, Siz ham uni o'qishga ergashing! 
 
19. So'ngra uni (Qur'onni) bayon qilib berish ham, albatta, Bizning zimmamizdadir.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
422
20. Yo'q! (Ey, Makka mushriklari,) balki sizlar naqd (dunyo)ni yaxshi ko'rasizlar.
 
21. Oxirat (Kuni)ni esa tark etasizlar.
 
22. U Kunda ba'zi yuzlar yashnovchi
 
23. Parvardigorlariga boqib turuvchidir.
 
24. Yana u Kunda ba'zi yuzlar burishgan, 
 
25. o'zlariga, albatta, noxushlik bo'lishini o'ylab (kutib) turarlar.
 
26. Darhaqiqat, (jon) halqumga yetgan, 
 
27. (vafot etayotganga): "Dam soluvchi kishi bormi?" - deb qolingan
 
28. (jon taslim qilayotgan kimsaning) o'zi (bu dunyodan) ajralish ekanini anglagan, 
 
29. (jon berish qiyinligidan) oyoq - oyoqqa chalishib qolgan bir vaqtda 
 
30. yolg'iz Rabbingiz (huzuri)ga haydalish bordir.
 
31. Na (Qur'on va payg'ambarni) tasdiq etdi (u) va na namoz o'qidi.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   684   685   686   687   688   689   690   691   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin