Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə730/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   726   727   728   729   730   731   732   733   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

www.ziyouz.com кутубхонаси 
467
QURAYSH SURASI 
Quraysh - Makkadagi o'n ikki qabilalarning biri. Muhammad (a.s.) shu qabilaga mansubdirlar. Surada Alloh 
taolo Quraysh ahliga O'zi ato etgan ne'matlarni eslatib, ularning shukronasi uchun Baytulloh egasiga ibodat 
qilishga buyuradi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 
1. Quraysh (aholisi)ga qulay qilib qo'ygani uchun, 
 
2. ya'ni ularga qishda (Yamanga) va yozda (Shomga) safar qilishni qulay qilib qo'ygani uchun 
 
3. mana shu Uy(Ka'ba)ning Parvardigoriga ibodat qilsinlar! 
 
4. Zero, (U) ularni ochlikdan (qutqarib) taomlantirdi va xavf (va xatar)dan xotirjam qildi. 
Izoh: Surada Yamanga qishda, Shomga yozda safar qilish haqida aytildi. Makka ahli yozning issiq kunlari 
Yaman diyorlari o'ta qizib ketishini bilib, bu faslda salqinroq Shom diyoriga tijorat safarini uyushtirar, qishda 
kunlar biroz soviganda esa Yaman diyoriga safar qilar edilar. 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
468
MO'UN SURASI 
Mo'un - ro'zg'or buyumlari va anjomlari.
Surada imonsiz bandalarning razil sifatlaridan ba'zilari sanab o'tiladi. Jumladan, oxirat jazosini inkor etish
yetim holidan xabar olmaslik, namozni unutish, riyokorlik qilish va ro'zg'or buyumlarini qizg'anish kabi 
nuqsonlar ibrat uchun bayon etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  
1. Dinni (oxirat jazosini) inkor etadigan kimsani ko'rdingizmi?! 
 
2. Bas, u yetimni jerkiydigan 
 
3. va miskin (bechora)ga taom berishga targ'ib qilmaydigan kimsadir. Izoh: Bu sifat egalari Makkaning 
ashaddiy kofirlaridir. Os ibn Voil, Valid ibn Mug'ira kabilardir. Oyat ular sha'niga doir bo'lsa-da, uning 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   726   727   728   729   730   731   732   733   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin